Microsoft asosçisi, milliarder va saxovatpeşa Bill Geyts davlatlar hukumatlari insoniyatni kutayotgan yana bir xavf – biologik terrorçilikka qarşi kuraşga mablağlar yönaltirişlari lozimligini aytdi. U bunday fikrni Xavfsizlik böyiça Myunxen anjumanida bildirdi, deb xabar bermoqda Business Insider naşri.
Geytsning aytişiça, zamonaviy şaroitlarda ğaraz niyatli odamlar xavfli virusning, misol uçun gripp yoki çeçakning qirğin keltiruvçi versiyasini yaratişi mumkin.
Uning aytişiça, "keyingi epidemiyaning sababi terrorçilik maqsadida bioinjineriya usullari bilan xavfli viruslar yaratilişi bölişi mumkin". "Gap şundaki, biz özimizga ziyon qilgan holda, soğliqni himoyalaş çoralari bilan xavfsizlik örtasida yaqqol aloqa borligini inkor qilamiz", deb ta'kidlab ötdi Geyts.
"Epidemiologlar tomonidan yaratilgan modellar, bu tabiat injiqligi böladimi yoki terrorçilar işimi, havo orqali tezda tarqaluvçi bakteriyalar bir yildan kamroq vaqt içida 30 mln dan köproq odamni öldirişi mumkinligidan guvohlik bermoqda. "Buning keyingi yillarda yuz berişining real imkoniyati mavjud", deb xavotir bildirmoqda dunyoning eng badavlat odami.
Geytsning aytişiça, zararli kasalliklar qanday xavf solişiga 1918-1919 yillarda ispan grippi epidemiyasi misol böla oladi. Öşanda bu infeksiyadan 50 mln dan köproq odam halok bölgan, bu esa Birinçi jahon uruşida halok bölganlardan köproqni taşkil qilgan. "Global pandemiyaga tayyorgarlik köriş, yadroviy bostiriş va iqlim özgarişi bilan boğliq holda voqealarning falokatli özgarişidan qoçiş kabi muhimdir. Innovatsiyalar, hamkorlik va batafsil rejalaştiriş bu xavflarni ançagina kamaytirişi mumkin". deb qöşimça qildi Geyts.
Uning fikriça, mavjud usul va texnologiyalar kasalliklarning tarqalişi xavfini ança kamaytirişga imkon beradi, biroq bu sohani moliyalaştiriş lozim. Geyts katta kölamli epidemiyalarni bartaraf etiş uçun yiliga bir neça milliard dollargina ajratiş kifoya qilişini, vaholanki kasalliklar tomonidan yetkazilgan zarar yuz milliardlab dollarni taşkil qilişi mumkinligini aytmoqda.












