Ekvador fuqarolari 19 fevralda mamlakatda ötadigan saylovlarning 1-bosqiçida keyingi 4 yilga prezident saylaşadi. Şuningdek, mamlakat parlamentiga ham yangi deputatlar saylandi.       

Bu oxirgi 10 yil içida mamlakatning amaldagi prezidenti Rafael Korrea iştirok etmayotgan ilk saylovlar böladi. Biroq u saylovoldi kampaniyasida faol iştirok etib, "PAIS alyansi" blokidan nomzod, sobiq vitse-prezident Lenin Morenoni qöllab-quvvatladi.  

Mamlakat prezidenti lavozimiga 1998 yildan beri nogironlar aravaçasida harakatlanadigan Morenodan taşqari yana 7 nomzod kuraş olib boradi. Biroq kuzatuvçilarning fikriça, ulardan ikki nafari prezident bölişga haqiqatda real imkoniyatlarga ega. Bular sobiq bankir Gilermo Lasso va sotsial-xristian partiyasi vakili Sintiya Viteri.

Saylovlarda 50 foizdan köproq ovoz töplagan nomzod avtomatik ravişda prezident böladi. Agar nomzod 1-bosqiçda 40 foizdan köproq ovoz bilan öz ortidan kelayotgan eng yaqin raqibidan 10 foiz köproq ovoz töplasa ham prezident böla oladi. Qolgan boşqa vaziyatlarda 2-bosqiç ötkaziladi.

Oxirgi ma'lumotlarga köra, mamlakatda 12,8 mln kişi ovoz beriş huquqiga ega. Ekvadorda saylovlar 18 yoşdan 65  yoşgaça bölgan barça uçun majburiydir. Saylovlarda iştirok etmaganlik uçun jarima közda tutilgan va uning miqdori 37,5 dollarni taşkil qiladi.