AQŞda 19 fevralga ötar keçasi bölib ötişi rejalaştirilgan Bellator 172 musobaqasining rossiyalik Fyodor Yemelyanenko va amerikalik Mett Mitrion örtasidagi boş jangi amerikalikning betobligi sababli bölib ötmaydigan böldi. Bu haqda Bellator rahbari Skott Koker tvitterda ma'lum qildi.     

Amerikalik buyragida toşlar bölişi mumkinligiga gumon bilan şifoxonaga tuşib qoldi va şu sababli jang bekor qilindi. 

Musobaqaning boş jangi Patrik Freyre va Joş Tomson örtasidagi jang bilan almaştirildi.

Keyinroq ma'lum qilinişiça, qoldirilgan jang bir neça oy keyinga suriladigan bölgan.

“Bir neça daqiqa avval Bellator jangni rasman bekor qildi, raqibim kasalxonaga tuşib qoldi. Juda katta iş qilingandi, men bu jangga jiddiy tayyorgarçilik körgandim, biroq afsuski, jang bugun ötmaydi. Mettga tezda soğayib ketişini tilayman. Bizning jang Mitrion tiklanib olişi uçun bir neça oy keyinga suriladi”, deb yozgan rossiyalik sportçi.  

“Bu jangga tayyorgarçilik körişimda yordam bergan, menga muxlislik qilgan barçaga minnatdorçilik bildiraman. Barçasi uçun Tangriga beadad şukr”, deb qöşimça qilgan Fyodor. 

Fyodorning bu jangi uning katta sportga qaytişidan keyingi 3-jangi bölişi kerak edi.