Eronning sobiq prezidenti Mahmud Ahmadinajod davrida vitse-prezident bölgan Hamid Rizo Baqoiy bu yil ötadigan prezidentlik saylovlariga öz nomzodini qöyişini rasman e'lon qildi. Bu haqda Tasnim axborot agentligi xabar bermoqda.
"Men Eron Islom Respublikasi prezidentining 12-sonli saylovlarida iştirok etiş uçun nomzodimni qöyişimni rasman e'lon qilaman", deb aytgan Baqoiy. Xabarda aytilişiça, Baqoiy saylovlarda heç qaysi partiya, guruh yoki biror bir siyosiy kuç bilan boğlanmagan holda, mustaqil nomzod sifatida iştirok etadi.
2005 yildan 2013 yilgaça Eron prezidenti bölgan Mahmud Ahmadinajod saylovlarga öz nomzodini qöymasligini ma'lum qilgandi.
Uşbu saylovlar 2017 yil may oyida bölib ötadi.












