Fransiya prezidenti Fransua Olland 6 mart kuni Versalda Germaniya, Ispaniya va Italiya rahbarlari bilan Yevroittifoq kelajagini muhokama qiladi. Journal du Dimanche gazetasi şu haqida xabar berdi.
Unga köra, "Fransua Olland Germaniya kansleri Angela Merkel, Ispaniya hukumati raisi Mariano Raxoy va Italiya vazirlar mahkamasi raisi Paolo Jyentiloniga taklifnoma yöllagan". "Fransiya prezidenti Yevropa Ittifoqining bunday mini-kengaşini ötkazib, Yevropa derjavasidagi asosiy tört yetakçining hamjihatligini namoyiş qilmoqçi. Bunga sönggi paytda YeI duç kelayotgan köplab tahdidlar va inqirozlar sabab bölmoqda", - deyiladi maqolada.
Manbaga köra, kun tartibiga kiritilgan masalalar - Yaqin Şarqdan kelayotgan qoçqinlar muammosi, Buyuk Britaniyaning YeIdan çiqiş böyiça asoratlari tahlili, terrorizmga qarşi kuraş - bularning barçasi Rossiya va AQŞ munosabatlari fonida".
Bundan taşqari, Versalda Yevroittifoq uçun muhim ahamiyatga ega Rim kelişuvining 60 yilligini nişonlaşga tayyorgarlik masalasi körib çiqiladi.











