Alloh taologa beadad hamdu sanolarimiz, Payğambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga esa behisob salavotu durudlarimiz bölsin.

Ustoz qori akalarimizdan biri hikoya qiladilar:

“Bir kuni şahar köçalaridan birida ulovim bilan ketayotgan edim. Bir-ikkita yigit qöl kötardi. Töxtab, ularni ulovimga mindirib oldim. Yölda ketayotganimizda ular özaro içkuyov mojarolari töğrisida gapirib qolişdi. Öz-özidan men ham suhbatga qöşilib:

– Hoy yigitça, uylanganmisiz, oilangiz bormi? – desam:
– Ha, uylanganimga bir hafta böldi – dedi.
– Içkuyovmisiz? – deb söradim. U esa bir sapçib tuşib:
– Nima deyapsiz? Xudoga şukr, içkuyov emasman – dedi.

Men unga qarata:

– Egningizdagi kostyum-şimni kelin olib berganmi? Köylakni-çi? Içkiyimlaringiz, hatto oyoğingizdagi tuflini ham kelin olib bergan bölsa kerak-a? – desam:

– Ha, şunaqa... – deb javob berdi.

Yana unga:

– Hozir uyingizga borsangiz, u yerdagi barça jihozlar, körpa-töşak, yotoq uçun divan, gilam, parda, idiş-tovoqlar barçasi kelin tarafdan keltirilgan bölsa kerak? Endi nima deysiz, siz içkuyov bölmasdan kim içkuyov bölişi mumkin? Özingizça içkuyov degani faqatgina kelinning ota-onasi yaşaydigan hovli-joyga borib, ular bilan birga yaşaşga aytiladi deb öylaysizda, a? – deb rosa tuşuntirdim...”.

Mana azizlar, uşbu bir voqeaning özida qançadan-qança hikmat va haqiqatlar bor. Köpçiligimiz öylamagan, hattoki tasavvur ham qilmagan, lekin ayançli, alamli, hattoki köpçilikka yoqmaydigan va yoki tan olgisi kelmaydigan buyuk haqiqat, öz ifodasini topgan. Bunday holat ötmişimizda bölmagan. Balki bir neça yillar oldin paydo bölgan bid'atu xurofot, oriyatsizlik, ğurursizlik va yana qandaydir illatlar tufayli paydo bölgan musibatdir. Yaqin ötmişimizda ham “içkuyovlik” har qanday yigit uçun haqorat, or va nomus hisoblangan. Mobodo taqdir taqozasi ila ma'lum bir sabab va uzrlar tufayli biror yigit içkuyov bölib oila qursa, tengdoşlari, ulfat va qavm-qarindoşlari içida boş kötara olmas, uning sözini heç kim tinglamas edi. Vaholangki, şariat nuqtai nazaridan qaralganda uzrli holatlarda (kelinning ota-onasi keksa bölib, qarovsiz qoliş xavfi bölganda yoki kuyov öta kambağal va noçor bölganidan, kelinni boşpana bilan ta'minlaş imkoniyatiga ega bölmaganida va yana bundan taşqari ba'zi holatlar) içkuyov böliş heç qanday ayb emas. Lekin şundoq bölsa ham barmoq bilan sanarli darajada içkuyovlar bölmasa, mutlaqo bölmas edi. Bölganda ham içkuyovlar suratan içkuyov bölsa ham, haqiqatan özlarining erlik mas'uliyat va burçlarini sidqidildan ado etar edilar.