Oliy sud xabar berişiça, 68 yoşli, asli Toşkent viloyatida tuğilgan va uzoq yillardan buyon Buxoro viloyatining Kogon şahrida yaşab kelgan rus millatiga mansub erkak spirtli içimliklar iste’mol qilib atrofdagilar bilan tez-tez janjal va kelişmovçiliklarga borib turgan.
Şunday kunlarning birida u öğli bilan birga yaşab kelayotgan kelini bilan ham özaro tortişuvga borgan. Jahli çiqqan kelin qaynotasini itarib yuborib, uni öqlov bilan ura boşlagan. Spirtli içimlik ta’sirida bölgan qaynota özini himoya qiliş uçun oşxona piçoğini olib, keliniga taşlangan.
Piçoq bilan kelinining qorin va qorin usti qismiga urgan. Ayol köçaga çiqib, qöni-qöşnilardan yordam söragan. Jabrlanuvçiga tezkor tibbiy yordam körsatilişi va muolajalar olib borilişiga qaramay, u kasalxonada vafot etgan.
Qaynota sud-tergov jarayonlarida qilmişidan puşaymonligini, soğliğining yomonligini, nafaqaxör ekanligini inobatga olib, unga nisbatan adolatli qaror çiqarişni sörab körsatma bergan.
Aybdorga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam öldiriş) bilan iş qözğatilgan. U jinoyat işlari böyiça Kogon şahar sudi hukmi bilan 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.












