Ikki dunyo, ikki muhit
Kelin uçun yangi uy — yangi odamlar, yangi qoidalar, yangi muhit. Qaynona uçun esa bu uy — butun umri davomida qurgan “qal’asi”. Şuning uçun har ikkisida ham tabiiy himoya hissi işlaydi: bir tomon özini qabul qildirişni, ikkinçisi esa hukmronligini saqlab qolişni xohlaydi. Psixologlar buni “bu munosabat köp hollarda “muhabbat yoki nafrat” emas, balki hokimiyat uçun içkaridan keçayotgan kuraş” deb ataşadi.
Çunki kelin oilada öz örnini topmoqçi böladi, qaynona esa uning bu harakatini tahdid deb qabul qiladi. Har ikkisi ham yaqinlikni xohlaydi, ammo heç biri bir qadam olğa çiqişga jur’at qilmaydi.
Tahlil va raqamlar
Sociology.uz markazi tomonidan ötkazilgan sörovnoma natijalariga köra:
· yoş ayollarning 68 foizi qaynona bilan yaşaşni “stress manbai” deb baholaydi,
· 45 yoşdan oşgan ayollarning 70 foizi esa “hozirgi kelinlar hurmatni bilmaydi”, deb hisoblaydi.
Mana şuning özidayoq ikki toifa: qaynona-kelinning fikrlari özaro kelişmasligini köriş mumkin. Bu ikki qaraşning kesişuv nuqtasi — muloqot yetişmasligi.
Psixologlar fikriça, köpinça erkak (öğil) bu munosabatdagi “köprik” vazifasini bajarişi kerak böladi, ammo köpçilik erlar bu roldan qoçadi. Natijada ikki ayol bir-birini emas, ya’ni ikkita ayolning kelişuvini emas, raqibini köradi.
Qanday yeçim bor?
70–80-yillarda kelinlar qaynonaning sözini qonun deb bilgan bölsa, hozirgi yoşlar erkin fikr, şaxsiy hudud va teng munosabatni talab qiladi. Bu — yomonlik emas, balki jamiyatdagi qiymatlar yangilanişi. Lekin bu özgarişlarga kattalar ham, yoşlar ham tayyor emas. Natijada kelişmovçilik psixologik töqnaşuvga aylanadi.
Bu holatdan çiqiş uçun jamiyatda esa “kelin böliş — xizmatçi böliş emas” degan fikrni şakllantiriş zarur. Qaynona-kelin özaro empatiyaga muhtoj. Ya’ni ularda “men doim haqman”, “mening tajribam bor” degan emas, “biz bir oilamiz” degan tuşunça şakllanişi kerak.
Har bir oilada qaynona va kelin özaro rollarini aniq belgilab olişi zarur, masalan, qaynona — tarbiyaçi emas, maslahatçi sifatida qaralsa, kelin uni oson qabul qiladi. Yoki qaynonalar kelinni raqib emas hammaslak, yordamçi sifatida qaraşsa, munosabatlar yengillaşadi. Bu yerda erkak ularni nazorat qiluvçi emas, aksinça birlaştiruvçi vazifasini ötaşi lozim. Qaynona va kelin — ikki avlod, ammo bir oila. Ulardan biri tuşunişga, ikkinçisi keçirişga harakat qilsa, örtada muammolar kelib çiqmaydi.













