20 fevral kuni Rossiyaning Saratov viloyatida ikkita yengil avtomobilning töqnaşib ketişi oqibatida 6 kişi hayotdan köz yumdi. Bu haqda RIA Novosti agentligi mintaqaviy IIV matbuot xizmati xodimi Denis Jyeltovga asoslangan holda xabar qilmoqda.

YTH mahalliy vaqt bilan tonggi soat 6:00 atrofida röy bergan. «Dastlabki ma'lumotlarga köra, 90-mintaqa davlat raqamiga ega Kia Rio rusumli avtomobil qarama-qarşi yölakka çiqib ketgan va 163-mintaqa davlat raqamiga ega bölgan Nissan Almera maşinasi bilan töqnaşib ketgan. Oqibatda ikki haydovçi va Kia avtomaşinasidagi 4 nafar yölovçi hayotdan köz yumgan. Nissan maşinasida faqat haydovçining özi bölgan», — deya aniqlik kiritgan agentlik suhbatdoşi. 

Sönggi ma'lumotlarga köra, Kia Rio salonida 3 erkak va 2 ayol bölgan, ular Özbekiston fuqarolari bölganligi xabar qilinmoqda.

Halokat böyiça tergov işlari boşlab yuborilgan.