Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Arsenal» ketma-ket to‘rtinchi marta Angliya kubogi chorak finaliga chiqdi
«Arsenal» klubi Angliya kubogining 1/8 finalida beshinchi divizion jamoasi «Satton Yunayted» ustidan g‘alaba qozondi. Sattondagi «Boro Sports Graund» stadionida kechgan bahs 0:2 hisobida yakunlandi.
Londonliklar birinchi bo‘limda Lukas Peresning goli evaziga oldinga chiqib oldi, ikkinchi bo‘limda Teo Uolkott mehmonlar g‘alabasini yanada mustahkamladi - 2:0.
«Arsenal» Angliya kubogi chorak finaliga chiqdi hamda beshinchi divizionning yana bir klubi - «Linkoln Siti» bilan uchrashadi. Bahs 11 mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Qayd etish kerakki, Arsen Venger shogirdlari ketma-ket to‘rtinchi marta turnir chorak finaliga yo‘l olmoqda.
Angliya kubogi, 1/8 final
Satton Yunayted – Arsenal 0:2 (0:1)
Gollar: Peres (26), Uolkott (55).
Satton Yunayted: Uorner, Dauner, Bekuit (Spens, 70), Kollinz, Amankva, Beyli, Mey (Xadson-Odoi, 71), Istmond, Gomis, Dikon, Biamu (Fitchett, 82).
Arsenal: Ospina, Gabriel, Mustafi, Holding, Monreal, En-Nenni (Oksleyd-Chemberlen, 46), Chaka, Ren-Adeleyd (Meytlend-Naylz, 74), Uolkott, Peres, Ivobi (Sanches, 74).
Ogohlantirishlar: Chaka (24), Ren-Adeleyd (40).
Mavzuga oid
12:33 / 26.04.2026
«Barsa»ga bir qadam qoldi, «Siti» yana bir finalda. Kun o‘yinlari
04:10 / 16.04.2026
«Real» turnirni tark etdi, «Arsenal» yarimfinalda. Kun o‘yinlari
09:55 / 12.04.2026
Yamalda – yubiley, «Bavariya»da – rekord, Shomurodovda – dubl. Kun o‘yinlari
07:51 / 08.04.2026