Odatdagidek, eng şov-şuvli transferlar oxirida amalga oşadi.

Jahon çempionati transfer yangiliklarini vaqtinça soyada qoldirgandi. Ammo turnir yakunlanganidan keyin aynan transferlar futbol kun tartibidagi asosiy mavzuga aylandi. Yoz boşidan buyon bir qança yirik transferlar amalga oşib böldi, jumladan, bir neça klub yuz million yevrodan oşuvçi xaridlarni amalga oşirdi. Ammo katta ehtimol bilan, eng qiziq transferlar hali oldindan. Dedlayn yaqinlaşgani sayin muzokaralarda keskinlik kuçayib boradi va şov-şuvli ötişlar ehtimoli ortadi. Quyida avgust oyida transfer bozorida röy berişi mumkin bölgan asosiy özgarişlar haqida.

Bruno Gimarayş, 28 yoş

Pozitsiya: markaziy yarimhimoyaçi
Qayerdan: «Nyukasl»
Qayerga: «Arsenal»
Narxi (Transfermarkt böyiça): 70 million yevro

Braziliyalik uşbu yarimhimoyaçi 1/8 finalda Norvegiya bilan öyinda penaltini urolmagan bölsa-da, jahon çempionatini munosib ötkazdi. U öz hisobiga törtta golli uzatmani yozib qöydi va özining yuqori darajasini yana bir bor isbotladi. Uşbu braziliyalik futbolçiga ançadan buyon Yevropa grandlari qiziqiş bildirib kelmoqda va u uning özi ham yangi bosqiçga ötişga tayyor.

«Nyukasl» yangi mavsumga tarkibi kuçsizlangan holda yetib kelmoqda – Sandro Tonali, Entoni Gordon va boş murabbiy Eddi Hau ketişdi, endi esa Bruno «Arsenal»ga yöl olişi kutilmoqda. L'Equipe ma’lumotiga köra, «Arsenal» uşbu futbolçi transferini 90 million yevro evaziga hal qilişga yaqin. Tomonlar sönggi detallar böyiça kelişib olişi qolgan.

Bredli Barkolya, 23 yoş

Pozitsiya: çap qanot vingeri
Qayerdan: «PSJ»
Qayerga: «Liverpul»
Narxi: 90 million yevro

Barkolya 2025/26 yillar mavsumida Luisa Enrike jamoasida asosiy tarkib futbolçisi emasdi. Şu bilan birga, ispaniyalik murabbiy tez-tez rotatsiyaga qöl urdi va şu tufayli fransuz futbolçisi muntazam ravişda maydonga tuşdi va «PSJ»ning çempionatdagi eng yaxşi töpurariga aylandi.