Ferrari kompaniyasi Yevropada yangi superkar dizayniga patent oldi. Motor1 naşrining ta'kidlaşiça, patentga yuborilgan murojaat tasvirlarida LaFerrari gibridli kupesining noyob nusxasi körsatilgan.

Yangilik haqida heç qanday qöşimça ma'lumot yöq. Faqatgina uşbu tasvirlarga huquq Ferrari’ga tegişli ekani, uning muallifi esa avtomobil işlab çiqaruvçisining dizayn böyiça vitse-prezidenti Flavio Mantsoni ekani ma'lum, xolos. U markaning F12berlinetta, 488 GTB, California T modellarini işlab çiqiş jarayoniga boşçilik qilgan.

Ferrari LaFerrari modifikatsiyasi qattiq yuza va oçiladigan tom kabi nusxalarda taqdim etilgan. Birinçisi atigi 500 nusxada taqdim etilgan bölsa, ikkinçisi 200 nusxada çiqarilgan.

Ferrari LaFerrari gibridli kuç qurilmasi yordamida harakat keladi. U öz içiga 6,3 litrli V12 dvigateli, elektromotor, litiy-ionli akkumulyatorlar bloki, şuningdek, yetti poğonali ikkita ulaniş “robot”ini qamrab oladi. Qurilmalar umumiy hisobda 953 ot kuçini beradi.

Ferrari LaFerrari kupesi soatiga yuz kilometrlik tezlikka uç soniyada yetadi. Superkarning maksimal tezligi soatiga 350 kilometrni taşkil etadi.