Individual uçar apparatlar yasaş va uni avtomobillar sanoati kölamigaça rivojlantiriş ğoyasi özining boşlanğiç nuqtasini boşlaşga yaqin bormoqda. Dubay şahar hokimiyati joriy yil yozda Ehang taksi-dronlari bilan uçuvçisiz reyslarni amalga oşirişni rejalaştirmoqda. Niderlandiyaning PAL-V startapi "dunyodagi birinçi sertifikatlangan seriyali Liberty uçar avtomobillar"ini işlab çiqarişga ariza qabul qila boşladi.
Biroq faqatgina kompaniyalar mana şunday avtomobillar işlab çiqariş bilan şuğullanmaydi. Sönggi 10 yil içida multikopterlar uçun ehtiyot qismlari ança arzonroq uçray boşladi va ular köpayib qoldi. Qurilmani yiğiş texnologiyasi esa u qadar murakkab emas — bu ijodkor insonlarga bir zumda garajda özining köp vintli uçar qurilmalarini yaratişi uçun turtki böladi.
Masalan, gollandiyalik kişilar havaskor Sky-Hopper multikopterini yaratdi. Uning prototipi örtasida kiçik örindiqli yengil, içi böş alyuminiy quvur va 16 propellerlardan iborat. Sky-Hopper boşqaruvi oddiy masofaviy pult yordamida amalga oşadi. U operator yoki osmondagi uçuvçi qölida turişi mumkin.
Hozirda multikopterning kamçiligi juda köp. Misol uçun, sayohatçi şamol va havoda uçraşi mumkin bölgan ayrim köngilsizliklardan himoyalanmagan. Şunday ekan, parvoz xavfsizligi böyiça hal etilmagan masalalar ham yetarli.
Şu sababli niderlandiyaliklar jamoasi yopiq korpusli navbatdagi Sky-Hopper prototipini yaratiş niyatida. Joystik tölaqonli boşqaruv paneliga özgartirilişi kutilmoqda. Biroq Sky-Hopper'da xavfsizlik böyiça köplab muammolarning mavjudligi hali ham uning jahon bozoriga çiqişiga tösqinlik qiladi.
Maşinada xavfsizlik yostiği ham, paraşyut ham, işlangan tez qöniş usuli ham mavjud emas. Ayni damda mazkur apparat ijodkor kişilarning havaskor uçar öyinçoği sifatida qolaveradi.
Boşqa tomondan esa, aynan şunday qiziqqon şaxslar yoş sanoatni olğa surişga turtki bölişadi, şuningdek, uni yanada samaraliroq, tezroq rivojlanişiga sabab böladi. Kelajak transporti uçun kerak böladigan sifatli va öylab topilgan yangi qismlarni yaratişga yordam beradi.












