Toşkent viloyatidagi tumanlardan birining ijtimoiy moslaşuv markazida işlagan Furqat Donaboyev (ism-familiyalar özgartirilgan) jazosini ijro etiş muassasasidan ozod etilgan fuqaro Ahror Sanaqulovga davlatimiz tomonidan ajratilgan 645 ming 810 söm pulni olganligi töğrisidagi çiqim orderiga imzo qöydirib, unga 500 ming sömni beradi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.

U hujjatlarni rasmiylaştiriş uçun xarajat qilindi, deya qolgan 145 ming sömini bermasdan, öz ehtiyojlari uçun işlatib yuboradi. U xuddi şu yöl bilan jazoni ijro etiş muassasalaridan ozod etilgan şaxslarga jönatilgan yana 1 mln. sömdan ortiq pullarni ham firibgarlik yöli bilan qölga kiritib, öz ehtiyojlari uçun sarflab yuboradi.

F.Donaboyev bu işlardan heç kim xabar topmaydi, deb kalta öyladi. U jinoiy harakatlarini davom ettirib, 18ta holatda fuqarolar nomiga kelgan 2 mln. 130 ming söm pullarni çöntagiga urgani suriştiruv jarayonida foş etildi.

Qonunlarga xilof ravişda sodir etilgan har bir harakat jazosiz qolmaydi. Sud tomonidan F.Donaboyevga nisbatan tegişli jazo tayinlandi.