27 aprelda 50 yoşini nişonlaydigan Niderlandiya qiroli Villem-Aleksandr özi bilan bir kunda tavallud topgan 150 nafar fuqaroni tuğilgan kuniga taklif qiladi, deb ma'lum qilindi qirollik sayroyida.
Qirolning tuğilgan kunida mehmon böliş uçun maxsus saytda yoziliş kerak. 3 mart kuni kerakli sondagi nomzodlarni tanlab oliş uçun qur'a taşlanadi.
"Frans Press" axborot agentligining ta'kidlaşiça, nomzodlar tuğilgan sanalari töğri kelişidan taşqari, Niderlandiyada kamida 20 yildan beri yaşab kelayotgan va yoşlari 5 karrali bölişi kerak.
Tanlab olingan nomzodlar qirol va uning rafiqasi Maksima bilan bayram tuşligida iştirok etadilar. Bu marosim 28 aprelda Amsterdamdagi qirollik saroyida bölib ötadi.












