Pagani firmasi yangi superkarini namoyiş qildi. Gap Huayra deb nom olgan rodster haqida ketmoqda. Avtomobilning rasmiy premerasi Jyenevadagi xalqaro avtosalon doirasida bölib ötadi.
Rodster 2010 yilda konveyerdan çiqqan kupe bazasida qurilgan. Avtomobil biturbirlangan, 746 ot kuçiga ega V12 dvigateli bilan jihozlangan. Kupedan farqli ravişda, usti oçiq rodsterning kuzovi yengilroq, uni yaratişda yangi Carbo-Triax HP52 materiali qöllangan.
Hammasi bölib 100 ta şunday maşina işlab çiqariladi. Maşinalar 2,4 mln dollardan sotiladi.

Pagani Automobili giperkarlar işlab çiqaruvçi italyan firmasi bölib, 1992 yilda taşkil topgan. Uning boş qarorgohi Italiyaning Modena şahrida joylaşgan. Firma köp yillardan beri Daimler AG kompaniyasining sport modellari işlab çiqaruvçi AMG bölimi bilan hamkorlik qiladi.












