Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda militsiya podpolkovnigi pora olayotganda qo‘lga olindi
Illyustrativ foto
Milliy xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati boshqarmasi tezkor guruh xodimlari viloyat prokuraturasi vakillari bilan hamkorlikda o‘tkazgan maxsus operatsiya natijasida Samarqand shahar IIB Qo‘riqlash bo‘limi rahbari podpolkovnik Nodir Samatovni qo‘lga oldilar. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiriga huquq-tartibot idorasi vakili ma'lum qilgan.
"Podpolkovnik Samatov, amaldagi instruksiyalarni buzgan holda, bo‘limning navbatchilikka kirishgan shaxsiy tarkib xodimlarini asossiz ravishda dam olish kunlaridan mahrum qilgan. Har bir xodim qonunda belgilab qo‘yilgan dam olish kunini o‘z boshlig‘idan 200-250 ming so‘m evaziga "sotib olishga" majbur bo‘lgan. Shu tariqa, Samatov so‘nggi yil ichida o‘ziga bo‘ysungan xodimlardan 40 million so‘mga yaqin pora olgan", — deb xabar qildi MXX xodimi.
MXX xodimining so‘zlariga ko‘ra, tezkor guruh xodimlari Nodir Samatovni xizmat kabinetida, u o‘zidan quyi pog‘onada turuvchi bo‘lim komandiridan 1 million so‘m pora olayotgan vaqtda qo‘lga olishgan. Hibsga olish jarayonidan so‘ng Samarqand IIB qo‘riqlash bo‘limining barcha xodimlari podpolkovnik Samatovga qarshi ko‘rsatma bergani xabar qilinmoqda.
Mavzuga oid
19:18 / 06.02.2026
Samarqandda xorijdagi festivalga o‘z farzandlarini yuborgan mansabdorlardan 28 mln so‘m undirildi
15:30 / 03.02.2026
Samarqandda kuniga 500 tonna chiqindi saralaydigan stansiya quriladi
10:53 / 29.01.2026
Samarqandda yollanma qotil orqali tanishini o‘ldirmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi
10:30 / 29.01.2026