Ukraina Yuqori radasining fraksiyadan taşqaridagi deputati Nadejda Savçenko deputatlik daxlsizligidan voz keçiş haqida qaror qabul qilganini ma'lum qildi.
"Berilgan va'dalardan birinçisi bajarilmoqda: men deputatlik daxlsizligidan voz keçmoqdaman", - deya xabar qilgan Savçenko Facebook ijtimoiy tarmoğidagi rasmiy sahifasida.
Şu bilan bir qatorda, u tarmoqqa maqsadidan guvohlik beruvçi tegişli hujjatni joylaştirdi. Bayonotda aytilişiça, Ukraina “maydondagi” fojiali hodisalarning uç yilligini nişonlamoqda va siyosatçilar “qadr-qimmat inqilobi” vaqtida kişilarga bergan va'dalarini bajarişlari vaqti kelgan. Şuningdek, deputat hamkasblari, prezident Pyotr Poroşenko va sudyalarni undan örnak olişga çaqirgan.
Bayonot Yuqori radaning tartibga soliş va işlarni taşkillaştiriş masalalari böyiça qömitasi raisiga yuborilgan. Savçenko unda, Ukraina konstitutsiyasining 80-moddasiga tayanib, daxlsizlikdan voz keçiş haqidagi murojaatini körib çiqiş va parlamentning sessiya zaliga deputatlar muhokamasi va qöllab-quvvatlaşi uçun yuboriş haqida söragan.
Oktyabr oyi oxirlarida Savçenko “Batkivşçina” partiyasidan (yetakçisi – Yuliya Timoşenko) çiqiş haqida ariza yozdi. U uşbu partiya röyxati bilan Radaga 2014 yilda saylangandi. 15 dekabr kuni “Batkivşçina” fraksiyasi uni öz tarkibidan çetlatdi, 22 dekabr kuni esa Rada deputatni Yevropa kengaşi parlament assambleyasidagi mamlakat delegatsiyasi tarkibidan, keyinçalik esa milliy xavfsizlik va mudofaa böyiça parlament qömitasidan çetlatdi. Savçenko Donetsk va Lugank xalq respublikalariga borib, ularning rahbarlari bilan uçraşgaç, salbiy munosabatga duç kela boşladi.
Nadejda Savçenko Donbassda Butunrossiya davlat teleradiokompaniyasi jurnalistlari Igor Kornelyuk va Anton Voloşinning qotilligi hamda çegarani noqonuniy ravişda kesib ötişda aybdor deb topilgan. 22 mart kuni Rostov viloyatining şahar sudi uni 22 yilga umumiy tartibdagi koloniya jazosiga mahkum etdi. 25 may kuni esa Rossiya prezidenti Vladimir Putin halok bölgan jurnalistlarning qarindoşlari iltimosi bilan Savçenkoni afv etiş haqidagi farmonga imzo çekdi, şundan söng u Kiyev şahriga samolyotda yetkazildi.
Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko esa Savçenkoni Ukraina Qahramoni unvoni bilan taqdirladi.












