Tolimarjon IES’ning yangi buğ-gaz qurilmalari (BGQ) 2017 yilning fevral oyi boşi holatiga köra, 1,52 mlrd kVt-soat elektr energiya işlab çiqardi. Bu haqda "Özbekenergo" AJ matbuot xizmati ma'lum qildi.
"Özbekenergo" "Tolimarjon IESni 450 MVt lik 2 ta buğ-gaz qurilmasi quriş bilan kengaytiriş" investitsiya loyihasini amalga oşirdi.
Janubiy Koreyaning Hyundai Engineering and Construction va Daewoo International Corporation kompaniyalari konsorsiumi BGQ qurilişida iştirok etgan.
Loyiha Osiyo taraqqiyot banki, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) va Özbekiston rekonstruksiya va taraqqiyot jamğarmasi kredit mablağlarini jalb qilgan holda amalga oşirilgan.
BGQning 1-energobloki 2016 yil avgustda foydalanişga topşirilgan. 2016 yil noyabrda 2- energoblokning 314 MVt lik gaz turbinasi foydalanişga topşirilgan.
Ikkita blokning foydalanişga topşirilişi butun energotizimning tejamkorligini elektr energiyani işlab çiqarişga yonilğining soliştirma sarflanişini kamaytiriş hisobiga oşiriş imkonini beradi va yiliga 7,2 mlrd kVt-soat qöşimça elektr energiya işlab çiqariladi. Şuningdek, energotizimning Markaziy qismidan Samarqand-Buxoro elektrouzeliga elektr energiyani transportirovka qilişda yöqotişlar kamayadi.
Ikkala BGQda elektr energiya işlab çiqarilişi 2017 yil fevral oyi boşi holatiga köra, 1520,2 mln kVt-soatni taşkil qildi.
Tolimarjon issiqlik elektr stansiyasi foydalanişga kiritilişidan beri 66,72 mlrd kVt•soat elektr energiya işlab çiqargan. 2016 yilda stansiyada 6939,6 mln kVt∙soat elektr energiya işlab çiqarilgan.
Ayni vaqtda 2022 yilgaça yana şunday quvvatdagi ikkita BGQ qurilişi loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanişi işlab çiqilmoqda. Bu loyihaning amalga oşirilişi IES tomonidan işlab çiqariladigan elektr energiya hajmini yiliga 20,4 mlrd. kVt-soatgaça yetkaziş imkonini beradi.












