Talimarjon Issiqlik elektr stansiyasida energiya tejovçi texnologiyalarni keng joriy etiş orqali öz ehtiyoji uçun sarflanadigan elektr energiyasini quyoş panellari orqali qoplaş çoralari körilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Şu maqsadda quvvati 1 MVt bölgan quyoş fotoelektr stansiyasi işga tuşirildi. Mazkur yaşil stansiya işga tuşirilişi natijasida korxonada yiliga qöşimça 1,8 mln kVt·soat elektr energiyasi işlab çiqariladi. Bu esa yiliga 400 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinişiga imkon beradi.
Quyoş fotoelektr stansiyasiga monokristall turidagi 1500 dan ortiq panellar örnatilgan bölib, stansiya On-Grid rejimida işlaşga möljallangan (quyoş panellaridan elektr energiyasi 220 volt va 50 gersli kuçlanişga aylantirilib, tarmoqqa uzatiladi).

















