Imzolangan bitimlar Talimarjon issiqlik elektr stansiyasini boşqaradigan qöşma korxona taşkil etişni nazarda tutadi. BAA kompaniyalari investitsiyalari qöşma korxona 300 million dollarlik ustav kapitalidagi 80 foiz uluşi uçun tölov hamda ilgari "Talimarjon IES" AJ tomonidan jalb qilingan taxminan 700 million dollarlik kreditlarni tölaşga yönaltiriladigan mablağlardan iborat. Şu tariqa, BAA kompaniyalari Talimarjon IESga deyarli 1 milliard dollar sarmoya kiritmoqda.
Imzolangan bitimlar BAA kompaniyalari uçun Talimarjon IES va boşqa issiqlik elektr stansiyalarini elektr energiyasi işlab çiqariş kombinatsiyalaşgan sikli eng zamonaviy buğ-gaz qurilmalari bilan jihozlaş orqali ular işlab çiqariş quvvatlarini kengaytirişga qöşimça investitsiyalar kiritiş imkoniyatini beradi. Qurilmalar tabiiy gazdan foydalaniş, işlab çiqariş samaradorligi koeffitsiyenti va atmosferaga çiqarilayotgan çiqindilar darajasi böyiça an’anaviy buğ elektr stansiyalaridan bir neça baravar ustun. Kelişuvlarni amalga oşiriş Talimarjon IES texnologik darajasi va işonçliligini sezilarli darajada oşiradi, aholi, ijtimoiy soha va işlab çiqariş obektlarni barqaror va sifatli elektr toki bilan ta’minlaydi.
Hamkorlik navbatdagi bosqiçi doirasida BAA kompaniyalari "Talimarjon IES" AJda qöşimça işlab çiqariş quvvatlarini yaratişga investitsiyalar kiritadi. Strategik energetika sanoatiga çet el investitsiyalari faol jalb qilinişi yirik infratuzilma aktivlarini taşqi qarz oliş yöli bilan moliyalaştiriş an’anaviy yondaşuvini töğridan töğri xorijiy investitsiyalarni jalb qilişga özgartirişga imkon beradi va respublika taşqi qarzi bilan boğliq moliyaviy barqarorlikni, suveren kredit reytingi izçil yaxşilanişini ta’minlaydi.
Mubadala Abu-Dabi hukumatiga tegişli bölgan va dunyoning 30 dan ortiq mamlakatlarida faoliyat yuritayotgan investitsiya kompaniyasi. Kompaniya investitsiya portfeli aerokosmik, agrobiznes, AKT, metallga işlov beriş, toğ-kon sanoati, kommunal xizmatlar kabi sohalardagi loyihalarni öz içiga oladi. Kompaniya umumiy aktivlari 250 milliard dollardan oşadi.
TAQA - ADQ investitsiya xoldingiga tegişli bölgan va dunyo 11 dan ortiq mamlakatlarida faoliyat yuritadigan energetika sohasidagi kompaniyadir. Kompaniya aktivlari umumiy qiymati 80 milliard dollardan oşadi.

















