Keyingi yillarda Qaşqadaryo viloyatida ham göşt, sut va tuxum yetiştiriş hajmi bir neça barobar oşdi. Ötgan yilda viloyatda parrandaçilik sohasida 160 dan ortiq istiqbolli loyiha hayotga tatbiq etildi. 2016 yil viloyat işbilarmonlari tomonidan taşqi bozorga qariyb 200 ming AQŞ dollari miqdoridagi tuxum eksport qilindi. Bu jarayonda ularga bojxona xodimlari yaqindan yordam bermoqda.

Joriy yilning ötgan davrida viloyatda tuxum eksporti hajmi bir neça barobarga oşdi va yanvar oyining özidayoq qiymati 438 ming dollarlik tuxum eksport qilindi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.

– Şu vaqtga qadar mahsulotimizni içki bozorga sotgan bölsak, endilikda uning bir qismini eksportga yönaltiriş imkoniyatiga egamiz, – deydi Yakkaboğ tumanidagi “Kumuş kuz fayzi” mas'uliyati çeklangan jamiyati rahbari Maqsud Kamolov. – Ötgan yili afğonistonlik hamkorlarimizga 60 ming dollarlikdan ziyod tuxum yetkazib berdik. Uşbu hamkorligimiz joriy yilda ham davom etadi. 

Şahrisabz tumanida faoliyat yuritayotgan “Eko parranda” mas'uliyati çeklangan jamiyati bundan beş yil avval taşkil etilgan. Tadbirkorlik sub'yekti ötgan davrda sezilarli rivojlanişga erişdi. Ayni paytda korxona fabrikasida boqilayotgan tovuqlar soni 80 ming boşga yetgan. “Xay-layn” zotiga mansub bu tovuqlar kasallikka çidamliligi va mahsuldorligi bilan ajralib turadi.

Fabrikada kuniga örtaça 10 ming dona tuxum olinadi. Tez orada qiymati 1 million dollardan ortiq qöşimça loyihani amalga oşiriş böyiça işlarni yakunlanadi. Natijada fabrikada boqiladigan tovuqlar soni 120 ming boşga ortadi, 30 yangi iş örni yaratiladi.

Ma'lumotlarga köra, uşbu korxona ham ötgan yildan boşlab tuxum eksport qilişga kirişgan. Afğoniston davlatidagi “Ixlos Ltd.” firmasi tomonidan 107 ming dollarlik mahsulot xarid qilingan. Hamkorlar joriy yilda 7 million dona tuxum yetkazib beriş böyiça kelişuv imzolagan.