Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vitaliy Çurkin 64 yoşida vafot etdi. Rossiya TIV ma'lum qilişiça, u Nyu-Yorkda olamdan ötgan.

«Rossiya TIV katta afsus bilan ma'lum qiladiki, 20 fevral kuni 65 yoşga ötişiga 1 kun qolgan kunda, Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vitaliy Çurkin Nyu-Yorkda tösatdan vafot etdi», — deyilgan vazirlik xabarida.

Qöşimça qilinişiça, u iş vaqtida jon bergan. Vazirlik Çurkinning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirgan.

Çurkin 1952 yilda Moskvada tuğilgandi.

U diplomatik faoliyatini 1974 yilda boşlagan, 1992-1994 yillarda RF TIV rahbarining örinbosari sifatida işlagan. 1994-1998 yillarda Rossiyaning Belgiya qirolligida elçisi, 1998-2003 yillarda Rossiyaning Kanadadagi elçisi bölgan.

2006 yilning 8 aprelidan Rossiyaning BMT va Xavfsizlik Kengaşidagi maxsus vakili sifatida faoliyat körsatib kelayotgandi.