Finlyandiyaning Nokia telekommunikatsion qurilmalari işlab çiqaruvçisi va Amerikaning Intel texnologik kompaniyasi AQŞ va Finlyandiyada 5G texnologiyasini sinovdan ötkaziş hamda rivojlantiriş laboratoriyasini oçadi. Bu haqida kompaniyalarning qöşma relizida ma'lum qilindi. 

Şu tariqa kompaniyalar tijorat bozorida yangi simsiz texnologiyaning paydo bölişini tezlaştirişmoqçi. Qöşma laboratoriyalar Nyu-Jyersi ştatidagi Myurrey-Hill va Finlyandiyadagi Espooda işga tuşiriladi. 

"5G yangi va hattoki hali noma'lum "öyinçi"lar uçun köplab tijoriy imkoniyatlar yaratiş salohiyatiga ega. Bizning 5G Solutions Lab qöşma laboratoriyamiz kompaniyalarni yangi imkoniyatlar yaratişda bebaho resurs bilan ta'minlaydi", - deydi Mobile Networks Products Nokia bölimi rahbari Frenk Veyeriç. 

5G tarmoqlari real vaqt rejimida soniyasiga 10 Gb'dan yuqori tezlikda axborot almaşiş imkonini beradi - bu 4G tarmoqlaridan 30 karra tezroq degani. Xalqaro elektr aloqa ittifoqi yangi standartni 2020 yilga borib tadbiq qilişni rejalaştirmoqda.