Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov endilikda respublikadagi tibbiyot bilan boğliq masalalarni ham şaxsan nazorat qiladi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligidagi manba ma'lumot bergan.
Xabar qilinişiça, Özbekiston hukumatida Soğliqni saqlaş departamenti örnida yangi sektor taşkil etilgan va bu sektor boş vazir nazorat qiladigan departament tarkibiga kiritilgan.
Bungaça tibbiyot masalalari bilan boş vazir örinbosarlaridan biri Adham Ikromov şuğullanardi. U Vazirlar Mahkamasining Soğliqni saqlaş, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qiliş, jismoniy tarbiya va sport kompleksini boşqarib kelmoqda, lekin bu kompleksdan endilikda soğliqni saqlaş sohasi çiqarilgan.
Qayd etiş kerakki, 21 fevral kuni Adham Ikromov Soğliqni saqlaş vaziri lavozimidan ketdi va uning örniga Alişer Şodmonov tayinlandi.
Ma'lumot uçun, Aripov Abdulla Niğmatoviç Ta'lim va ilm-fan masalalari axborot-tahlil departamenti hamda Yoşlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamentiga javob beradi.













