BMTning Yaman böyiça gumanitar masalalar koordinatori Jyeymi MakGoldrikning ma'lum qilişiça, qariyb 17 million yamanlik töyib ovqatlaniş imkoniyatiga ega emas. Koordinator hisobotida keltirilişiça, şundan 7 million kişi oçlik ostonasida turibdi. 

BMT vakili uşbu inqiroz sabablari sifatida oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligi, qimmatçilik hamda qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştirilmayotganini körsatgan. 

"Ayollar va qizlar boşqalarga qaraganda yomonroq ovqatlanmoqda. Yamanning 7 mln aholisi yana qaçon ovqat yeyişini aniq bilmaydi. Ular oçlikka yuz tutiş ostonasida. Vaziyat şu paytgaça bölganida taşvişliroqdir", — degan MakGoldrik.

2014 yildan buyon Yamanda qurolli mojaro davom etmoqda. Kelişmovçilik sobiq prezident Ali Abdulla Solih va "Ansar Alloh" şia guruhining xusiy jamoalari hamda qonuniy prezident Abd Rabb Mansur Hodiy tarafdorlari va hukumat qöşinlaridan iborat kuçlari örtasida davom etmoqda.