Brestdagi kombinat konserva bankalariga solingan paypoqlarni tayyorladi. Ishlab chiqaruvchilar vatan himoyachilari kuniga 3 ming juft paypoqni bankaga «qadoqlashgan».
TUT.by nashrining yozishicha, bunday mahsulotlar birinchi kundanoq sotilib ketgan.
Paypoq ishlab chiqaruvchilarning qayd etishicha, germetik qadoqlash mahsulot istalgan havo sharoitida quruq saqlanishini ta'minlaydi.

















