Adliya vazirligi, Mehnat vazirligi hamda Moliya vazirligi qarori (röyxat raqami 2168-1, 2017 yil 14 fevral) bilan Davlat notarial idoralari va notarial arxivlar faoliyatini moliyalaştiriş tartibi töğrisidagi nizomga tuzatişlar kiritildi. Bu haqda Norma yozmoqda.

Unga köra, notarial idoralar va notarial arxivlar faoliyatini moliyalaştiriş manbai hisoblanadigan ajratmalar miqdoriga tuzatişlar kiritildi:

•  notarial harakatlarni amalga oşirganlik uçun notariuslar tomonidan undiriladigan davlat boji summasidan 10 foiz miqdoridagi ajratmalar (ilgari – 15 foiz);
•  notarial idoralar tomonidan huquqiy va texnik tusdagi qöşimça harakatlar körsatilganligi uçun tuşumlar;
•  gerb yiğimidan tuşadigan mablağlarning 50 foizi (ilgari – gerb yiğimining barça summasi) – gerbli blankalar tayyorlaşga hamda boşqa şaxsga beriş taqiqlangan va xatlab qöyilgan avtomototransport vositalari töğrisidagi elektron ma'lumotlar bankini yaratişga, şuningdek, notarial idoralari va notarial arxivlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlaşga yönaltiriş bilan;
•  Sudlar va adliya organlarini rivojlantiriş jamğarmasi mablağlari.  
 
Hujjat ayrim boşqa özgartirişlarni ham saqlaydi hamda Özbekiston Respublikasi qonun hujjatlari töplamining 20.02.2017 yildagi 7-sonida e'lon qilingan paytdan e'tiboran kuçga kiradi.