"Olma" korporatsiyasi ijtimoiy tarmoq joylaşgan domenni sotib oldi. Şu sababli asosçilar tarmoqni yopişga muvaffaq bölişdi.
Kupertino dasturçilari bulutli xizmatga boğliq bölgan sönggi qismlardan biri — iCloud.net domen nomini özlaştirişdi. Bu haqida TechCrunch xabar beradi.
Apple diqqatga sazovor domenni sotib oliş uçun beş yildan ortiq vaqt sarfladi.
Endilikda saytga kiriş çoğida iCloud.net ijtimoiy tarmoği 2017 yilning fevraligaça yopiq bölişi haqida xabar çiqadi. Dasturçilar barça foydalanuvçilardan öz akkauntlarini mustaqil öçirib çiqişini söramoqda, aks holda bu avtomatik tarzda sodir böladi.
Xitoy ijtimoiy tarmoği asosçisi Tong Li sayt işi töxtatilgani haqida quyidagiça izoh berdi: "Ha, biz iCloud.net tarmoğini yopişga qaror qildik va barça xizmatlarimizni töxtatdik. Biz 2011 yildan beri ijtimoiy xizmatni bajarib kelamiz. Ammo endi iCloud.net öz vazifasini yakunlaydi, uning iste'foga çiqadigan vaqti keldi", — deydi Li.












