Joriy yilning 21 fevral kuni Özbekiston Respublikasining Xususiylaştiriş, monopoliyadan çiqariş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasi Raisi D.Xidoyatov va Qozoğiston Respublikasining Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi janob Ye.Utembayev bilan uçraşuv bölib ötdi. Bu haqda qömita axborot xizmati xabar berdi.

Uçraşuvda qömita raisi Xususiylaştiriş dasturi haqida, şuningdek korporativ boşqaruv va xususiylaştiriş sohasidagi amaliyotga tadbiq etilayotgan yangiliklar töğrisida batafsil ma'lumot berdi. Bular orasida bugungi kunda keng miqyosda amalga oşirilayotgan IPO dasturlari va investorlar huquqlarining töliq himoya qiliş mexanizmlariga alohida töxtalib ötdi.

Suhbat davomida taraflar mamlakatlar örtasidagi hamkorlikni yanada çuqurlaştiriş yöllari haqida fikr almaşdilar. Xususiylaştiriş dasturi mehmonda katta qiziqiş uyğotdi va unga öz mamlakatlarining işçi doiralarini keng jalb qiliş kerak ekanligi ta'kidlandi. Investorlar uçun qiziqarli sohalar sifatida kimyo sanoati, turizm, transport, quriliş materiallari, moliyaviy va boşqalar körsatib ötildi. 

Uçraşuv söngida tomonlar hamkorlikni kuçaytiriş yuzasidan bir qator aniq çora-tadbirlar, jumladan mutasaddi taşkilotlar örtasida aloqalarni kuçaytiriş, taşkil etilayotgan biznes forumlarda iştirok etiş, tadbirkorlarning işçi safarlarini taşkil etiş hamda istiqbolli loyihalarni taşkil etiş orqali investorlarning qiziqişlarini uyğotiş kabilar belgilab olindi.