24 fevral holatiga köra, Al-Bob şahrining barça kvartallari IŞID jangarilaridan ozod etilgan. Bu haqda Turkiya qurolli kuçlari boş ştabi ma'lumotida keltirilgan.

Şaharda ayni vaqtda hududlarni minalardan tozalaş işlari olib borilmoqda.

«Frot qalqoni» amaliyoti doirasida Suriya şimolida IŞIDdan 230ta aholi yaşaş punkti va 1925 kvadrat kilometr hududdagi maydon ozod qilingan.

«Frot qalqoni» nomi ostidagi aksilterror amaliyotni Suriyada mahalliy kuçlarni qöllab-quvvatlagan Turkiya Qurolli kuçlari armiyasi 24 avgust kuni boşlagandi. Turkiya tomoni bu amaliyotni özining janubiy hududlarini IŞID tahdididan xalos etiş maqsadi bilan izohlagan.

Amaliyotdan maqsad etib Turkiya bilan çegara hududida terrorçilardan xoli hududni barpo qiliş belgilangan.