AQŞning Kanzas ştatida amerika dengiz-piyoda qöşinlari sobiq askari Adam Purinton barda asli kelib çiqişi hindistonlik bölgan kişilarga qarata öt oçdi, bir inson halok böldi, deb xabar bermoqda Associated Press.
Xabar qilinişiça, sobiq harbiy “Mening mamlakatimdan yöqolinglar!” deb baqirib hindistonliklarni öqqa tutgan, buning oqibatida Hindistonning Haydarobod şahridan bölgan 32 yoşli aviatsia muhandisi Şrinivas Kuçibxotla hayotdan köz yumgan.
Ikki inson turli darajada jarohatlar olib, kasalxonaga olib ketilgan, gumonlanuvçi qölga olindi.
Avvalroq AQŞning Ohayo ştatida politsiyaçilar ularga öyinçoq töpponça bilan öqtalgan 15 yoşli ösmirni otib öldirişgani xabar qilingandi.












