Yamanning Zanzibaridagi harbiy lagerda xudkuş-terrorçining hujumi oqibatida sakkiz nafar harbiy xizmatçi halok böldi. Bu haqda Reuters mahalliy hukumatga asosan xabar bermoqda.
Harbiy libosda bölgan terrorçi avtomobilda lager darvozasiga kelib urilgan, şundan söng portlaş yuz bergan. Sönggi ma'lumotlarga köra, sakkiz harbiy xizmatçi halok böldi, yana 10 nafari jarohatlandi.
Mahalliy hukumat sözlariga köra, terrorçi “Al-Qoida” guruhi a'zosi bölişi mumkin.
Avvalroq AQŞ Yaman markaziy qismida “Al-Qoida” jangarilariga qarşi ötkazilgan amaliyot davomida tinç aholi vakillari, jumladan bolalar ham halok bölgan bölişi mumkinligini xabar qilgandi.











