23 fevral kuni, soat 16:30da Farğonadagi «Farğonaazot» korxonasi hududidagi ammiak sexida ta'mirlaş-montaj işlari vaqtida portlaş röy bergan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma'lumotiga köra, portlaş oqibatida qurbon bölganlar bor. Qurbonlar soni aniq keltirilmagan.
Hodisa sabablarini örganiş uçun hukumat komissiyasi tuzilgan. Jabrlanuvçilarning oilalariga zarur yordamlarni körsatiş böyiça körsatma berilgan.
«Kun» manbasining xabar berişiça, zavod joylaşgan hudud aholisiga ehtiyot çoralari köriş, jumladan yuzni niqob bilan öraş tavsiya etilgan.











