Texnologiyalar rivojlangan zamonaviy davrda ta’limga yuqori baho bermaslikning iloji yöq. Ta’limga kelajakdagi muvaffaqiyatlarning asosiy şarti sifatida qaraladi. Bugungi kunda respublikamizda ta’limga juda katta e’tibor berilmoqda hamda ta’lim oliş istagida bölgan yoşlar uçun barça şart-şaroitlar yaratilgan. Oliy öquv yurtiga kiriş istagida bölgan abituriyentlar uçun ayni paytda yurtimizda 600 ga yaqin nodavlat ta’lim muassasasi faoliyat yuritmoqda. INSPIRING EDUCATION öquv markazi ana şunday ta’lim dargohlaridan biri bölib, yoşlarga ta’lim berişda öziga xos dastur asosida bilim berib kelmoqda.

Öquv markazi öz faoliyatini boşlaganiga unçalik köp vaqt bölgani yöq, lekin bu davr mobaynida öziga yaraşa muvaffaqiyatlarga erişdi. Jumladan, markazda ta’lim olgan abituriyentlar bugun respublika va xalqaro oliy öquv yurtlari talabalari böliş baxtiga erişdilar.

Bizning markaz xodimlari turli öquv muassasalarida katta ilmiy tajriba orttirgan öqituvçilardan iborat. Ular köp yillik faoliyati davomida yoş avlodga bilim berişni özining hayoti mazmuniga aylantirgan, halollik va vijdonlilik tamoyillarini, sifatlilik va serunumlilikni birinçi öringa qöyadigan öqituvçilardir. Ularning mehnati samarasini öquvçilarining respublika va xalqaro fan olimpiadalarida erişgan yuqori natijalari misolida köriş mumkin.

Öquv markazi quyidagi kurslarni taklif etadi:

  • Özbekiston va xalqaro oliy öquv yurtlariga kiruvçi abituriyentlar uçun maxsus dastur
  • Akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga kiriş imtihonlariga tayyorlaş
  • Matematika, kimyo, fizika va ingliz tili fanlaridan respublika va xalqaro olimpiadalarga maktab va litsey dasturlarini çuqurlaştirilgan holda tayyorlaş
  • Til kurslari: General English, nemis tili, koreys va rus tili