Isroil içki işlar vazirligi Human Rights Watch huquqni muhofaza qiluvçi taşkilotining mamlakatga kirişiga ruxsat bermadi. Bu haqda HRW taşkiloti saytida xabar berilgan.
Taşkilot ma'lumotiga köra, Isroil TIV 20 fevral kuni yöllagan maktubda taşkilotning Isroil va Falastin böyiça vakolatxonasi rahbari Umar Şokirga mamlakat hududida işlaş uçun ruxsat berilmagani ma'lum qilingan. Isroil IIV taşkilot faoliyatida "Falastin propagandasi ostidagi siyosat"ni qayd etgan. Isroil tomoni taşkilotni "huquqni muhofaza qiluvçi haqiqiy guruh emas" deb topgan.
HRW dasturi ijroçi direktori örinbosari Yen Levayn Isroil hukumati qaroridan afsusda ekanini ma'lum qilgan.
Taşkilot ma'lumotida qayd etilişiça, Isroil hukumatining bu qarori kutilmagan böldi. Bu vaqtgaça HRW xodimlari Isroil hukumat a'zolari bilan tez-tez uçraşib turgan, xususan politsiya, harbiylar va IIV xodimlari bilan hamkorlik qilingan.












