Eron Vaşington tomondan "rasmiy ogohlantiriş" qilinganiga qaramasdan, mintaqada özini tutişini özgartirmadi, deb aytdi 23 fevralda AQŞ qurolli kuçlari ştablari boşliqlari qömitasi raisi, general Jozef Danford Brukings institutidagi nutqida.
"Men Eron xatti-harakatlarida biror-bir özgariş sezmadim. Mening fikrimça, Eron birinçi navbatda butun mintaqa böylab salbiy ta'sir tarqatuvçisi hisoblanadi", deb aytdi Danford.
"Biz ularning Suriyaga ta'sirini körmoqdamiz, ularning Livanga, Iroqqa va boşqa mintaqalarga salbiy ta'sirini qayd qilmoqdamiz. Oxirgi oyda men heç qanday özgariş sezmadim", deb qöşimça qildi general.
Danford şu bilan birga uning fikriça "Islom inqilobi qöriqçilari" korpusini (Eron qurolli kuçlarining sara qismlari) terrorçilik taşkilotlari qatoriga kiritiş kerak-kerakmasligi haqidagi savolga javob bermadi. Uning aytişiça, uning majburiyatlariga faqatgina harbiy muammolar, jumladan, Örmuz böğozida erkin navigatsiyani ta'minlaş kirişini aytdi.












