Rossiya prezidenti Vladimir Putin rossiyalik harbiylar bilan uçraşuvda Suriya işlariga taşqaridan aralaşmaslik zarurligini va Rossiya öz oldiga bunday maqsad qöymasligini, çunki Suriyada faqatgina terrorçilik guruhlari bilan kuraşayotganini aytdi.
"Biz Suriyaning köp millatli va köp dinli dunyoviy davlat ekanligini bilamiz. U uzoq vaqt şunday bölib kelgan. Bu esa Suriyaning hududiy yaxlitligi kafolati bölgan. Biz bu vazifalardan kelib çiqamiz, biroq yakunda buni suriyaliklar hal qiladi", deb aytgan Putin.
Putinning aytişiça, Suriyaning hududiy yaxlitligini saqlab qoliş masalasi hal qilinayotgan vaqtda taşqaridan heç qanday aralaşuv bölmasligi uçun barça işni qiliş kerak.
"Bizning vazifa esa terrorçilik guruhlari bilan kuraşişdan iborat bölgan" deb qöşimça qildi Putin.












