Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev joylarda amalga oşirilayotgan bunyodkorlik va obodonlaştiriş işlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borişi bilan yaqindan tanişiş, xalq bilan muloqot qiliş maqsadida 24 fevral kuni Qaşqadaryo viloyatiga taşrif buyurdi. Bu haqda ÖzA xabar berdi.

Qaşqadaryo viloyatining iqtisodiy salohiyati ulkan, deyiladi xabarda. Bugungi kunda mamlakatda qazib çiqarilayotgan tabiiy gazning 70 foizi, neftning qariyb 78 foizi, gaz kondensatining 80 foizi, ğallaning 13 foizdan ortiği, paxtaning 14 foizdan ziyodi uşbu viloyat hissasiga töğri keladi.

Viloyatda sanoat izçil rivojlanmoqda. Yalpi hududiy mahsulotda bu sohaning uluşi 38 foizni taşkil etayotgani ham şundan dalolat beradi. «Şörtan neft-gaz», «Muborak neft-gaz» korxonalari, «Şörtan gaz-kimyo» majmuasi, Muborak gazni qayta işlaş zavodi, Dehqonobod kaliyli öğitlar zavodi, Tollimarjon issiqlik elektr stansiyasi, «Hisor neft-gaz» kabi yirik işlab çiqariş quvvatlari mamlakatimiz sanoatining lokomotivlari hisoblanadi.

Kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi ham jadal rivoj topmoqda. Bugungi kunda yalpi hududiy mahsulotning 51,6 foizi kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida işlab çiqarilmoqda. Mehnat bilan band aholining qariyb 80 foizi şu tarmoqda daromad topmoqda.

Qişloq xöjaligida möl hosil yetiştirilmoqda, tarkibiy özgartirişlar davom ettirilmoqda. Sönggi beş yilda 3 ming 200 gektar paxta maydoni qisqartirilib, kartoşka, meva-sabzavot va poliz ekinlari yetiştiriş yölga qöyilgan. Oxirgi uç yilda fermer xöjaliklarining 22 foizdan ziyodi köp tarmoqli xöjalikka aylantirilgan.

Barça sohalarda amalga oşirilayotgan ana şunday islohotlar natijasida keyingi beş yilda yalpi hududiy mahsulot hajmi 2 barobar oşgan, hududiy eksport hajmi 100 million dollarga yetgan va 2011 yilga nisbatan 2,5 barobar köpaygan.

Birinçi Prezident rahbarligida Qarşi va Şahrisabz şaharlarida amalga oşirilgan ulkan bunyodkorlik işlari bu ikki qadimiy şahar qiyofasini tubdan özgartirib yubordi. Qarşi şahrining hududi 9 ming gektardan 17 ming gektarga, Şahrisabz şahrining hududi 3 ming 300 gektardan 4 ming 900 gektarga kengaytirildi.

2016 yilda Qaşqadaryo ustidagi qadimiy Amir Temur köprigi rekonstruksiya qilinib, daryoning ikki qirğoğida Qarşi ahli va mehmonlar dam oladigan sölim maskanlar barpo etildi. Toşkent – Qarşi yönalişi böyiça yuqori tezlikda harakatlanuvçi «Afrosiyob» tezyurar elektr poyezdi qatnovi yölga qöyildi.