Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 23 fevral kuni Özbekiston va Qozoğiston örtasida ikki tomonlama hamkorlik böyiça hukumatlararo qöşma komissiyaning navbatdagi majlisida iştirok etiş uçun mamlakatimizga kelgan Qozoğiston Respublikasi Boş vazirining birinçi örinbosari Asqar Maminni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari Özbekiston va Qozoğiston örtasidagi strategik şeriklik munosabatlari, jumladan, savdo-iqtisodiy aloqalar barqaror va izçil rivojlanayotgani hamda mustahkamlanib borayotganini mamnuniyat bilan ta'kidladi.

Ikki davlat rahbarining 2016 yil sentabr oyida Samarqand şahridagi uçraşuvida erişilgan kelişuvlarga muvofiq, özaro savdo hajmini tubdan oşiriş va nomenklaturasini kengaytiriş, şuningdek, mamlakatlarimizning yetakçi korxonalari örtasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirişga qaratilgan qator istiqbolli loyihalar hamkorlikda işlab çiqilmoqda.

Ş.M.Mirziyoyev Qozoğiston va Özbekiston örtasidagi samarali hamda özaro manfaatli hamkorlikni yanada faollaştiriş, buning uçun avvalo savdo, investitsiyaviy texnologiyalar va transport-kommunikatsiya sohalarida hamkorlik böyiça aniq loyihalarni işlab çiqiş va qöllab-quvvatlaş muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.

Ikki mamlakat hududlari örtasida özaro hamkorlik örnatiş va mustahkamlaş lozimligi, bu savdo va madaniyat sohalarida aloqalarni yanada rivojlantiriş uçun keng imkoniyatlar yaratişi alohida ta'kidlandi.

Asqar Mamin samimiy qabul uçun Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevga minnatdorlik izhor etdi va Qozoğiston Özbekiston bilan keng kölamli amaliy hamkorlikni yanada kengaytirişga tayyor ekanini bildirdi.