Tojikiston hukumati mamlakatning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kiriş imkoniyatini körib çiqmoqda. Bu haqda Tojikistonning Moskvadagi elçisi Imomuddin Sattorov TASS’ga xabar berdi. U respublikaning bu taşkilotga kiriş ehtimoli haqida töxtalib ötgan.

"Bu masala örganib çiqilmoqda, - dedi diplomat. – Respublika Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kiriş imkoniyati va buning maqbulligini örganib çiqmoqda". Şu bilan bir qatorda, uning qöşimça qilişiça, Tojikiston rahbariyati “Postsovet hududidagi integratsiya jarayonlarini qöllab-quvvatlamoqda”.

Ma'lumot uçun, Armaniston, Belorussiya, Qozoğiston, Qirğiziston va Rossiya Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi iştirokçilari sanaladi.