Credit Suisse ma'lumotlariga köra, AQŞ armiyasi mablağlar va hajmning qisqartirilişiga qaramay, dunyodagi yetakçilikni saqlab qolmoqda. U Rossiya va Xitoyni ham ortda qoldirgan. 

Harbiy kuç darajasini tahlil qilişda qurolli kuçlar (umumiy balldan 5 foizi), tanklar (10 foiz), jangovar vertolyotlar (15 foiz), samolyotlar (20 foiz), aviataşuvçilar (25 foiz) va suv osti kemalari (25 foiz) soni inobatga olindi. Baholaş harbiy kuçni faqatgina son jihatidan taxmin qiliş imkonini berdi hamda qurollar va şaxsiy tarkibning haqiqiy holati e'tiborga olinmadi. Şu tariqa, röyxatda ba'zi bir davlatlarning bölişi biroz kutilmagan holat ham bölişi mumkin. 

Quyida jahonning eng kuçli ön armiyasi röyxatini taqdim etamiz.

10. Turkiya

Mudofaa byudjyeti: 18,2 mlrd dollar
Şaxsiy tarkib soni: 410,5 ming kişi
Tanklar: 3778 
Samolyotlar: 1020 
Suv osti kemalari: 13 
Turkiya qurolli kuçlari – şarqiy Örta yer dengizidagi eng yiriklardan biri. Turkiya aviataşuvçilarning yöqligiga qaramay, suv osti kemalari soni böyiça faqatgina beş davlatdan ortda qoladi. Şuningdek Turkiyada katta miqdordagi tanklar, samolyotlar va jangovor vertolyotlar bor. Mamlakat F-35 qiruvçisini işlab çiqiş böyiça qöşma dasturda ham iştirok etmoqda.

9. Buyuk Britaniya

Mudofaa byudjyeti: 60,5 mlrd dollar
Şaxsiy tarkib soni: 146,9 ming kişi
Tanklar: 407