Kuni keça Facebook ​foydalanuvçilaridan biri, ÖzDJTU Xalqaro jurnalistika fakultetining kafedra mudiri Nargis Qosimova öz sahifasida poytaxt yölidagi muammoli holat haqida post qoldirdi.

Unda yozilişiça, Toşkent şahri Olmazor tumani 1/2 va 1/3 dahalari içidagi yöllarning ahvoli ayançli holatda ekani ta'kidlangan. 233 maktab atrofidagi yöllar va 1/3 dahadagi ikkita boğça örtasidagi yöllar ham umuman talabga javob bermaydi.

Bundan taşqari, köp qavatli binolar orasidan ötuvçi yöllar ham ançadan beri ta'mirga muhtojligi aytib ötilgan. Mazkur yöllar asosiy hisoblanib, unda aholi nafaqat şaxsiy avtomobilida harakatlanganda, balki piyoda yurganida ham katta muammolar va köngilsizliklarga duç kelayotganini alohida qayd etiş lozim.

«Olmazor tumanining Qiçqiriq mahallasidagi yöl xuddi toğ tepaligiga öxşaydi. Men bu yerda 2004 yildan beri yaşab kelaman. Bu holat mana 13 yil davomida şu ahvolda. Qişda loy va çuqurliklar nafaqat kattalar, balki bolalar qatnovini xam qiyinlaştirmoqda. Yölning nosozligiga kim javob beradi? U tufayli şikastlangan avtotransport badalini kim tölaydi?» – deydi Nargis Qosimova öz murojaatida.

Mazkur muammo yuzasidan tegişli mutasaddi organlar qat'iy çoralar körişini sörab qolamiz. Zero, yöllar farovonligi - hayotiy faollikning asosiy garovidir.