Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qaşqadaryo viloyatiga safari davomida 24 fevral kuni «Şörtan gaz-kimyo majmuasining tozalangan metani negizida sintetik suyuq yoqilği (GTL) işlab çiqarişni taşkil etiş» va «Şörtan gaz-kimyo majmuasining işlab çiqariş quvvatlarini kengaytiriş» loyihalari bilan tanişdi. Bu haqda ÖzA xabar berdi.

«Şörtan gaz-kimyo majmuasining tozalangan metan negizida sintetik suyuq yoqilği (GTL) işlab çiqarişni taşkil etiş» loyihasi gaz-kimyo sanoati yönalişida dunyoning ilğor texnologik yeçimlarini özida aks ettirgan. Uşbu loyiha MDH doirasidagi eng yirik mega-loyihalardan biridir. 

Loyiha «Özbekneftegaz» kompaniyasi ta'sisligida amalga oşiriladi. 

Loyiha doirasida yiliga 3,6 milliard metr kub tabiiy gazni qayta işlaş orqali 1,5 million tonna yuqori sifatli «Yevro-5» talablariga javob beradigan sintetik yoqilği işlab çiqariladi. Şundan 743 ming tonnasi dizel yoqilğisi, 311 ming tonnasi aviakerosin, 431 ming tonnasi nafta va 21 ming tonnasi suyultirilgan gazni taşkil etadi. 

Yangi zavod işga tuşirilişi natijasida iqtisodiyotning real tarmoqlarini rivojlantiriş, mamlakatimizning tranzit salohiyatini yanada oşiriş, şuningdek, neft mahsulotlariga bölgan ehtiyojning asosiy qismini qanoatlantiriş va neft importi hajmini kamaytiriş orqali xorijiy valyuta sarfini tejaşga erişiladi. 

Quriliş-montaj işlari 2020 yilning ikkinçi yarmida nihoyasiga yetkazilişi, zavodda qöşimça 682 yangi iş örni yaratilişi möljallangan. 

Davlat rahbarining körsatmalari asosida «Şörtan gaz-kimyo majmuasining işlab çiqariş quvvatlarini kengaytiriş» loyihasi konsepsiyasi qaytadan körib çiqilib, işlab çiqariş jarayoniga sintetik nafta xomaşyosini jalb qiliş masalasi örganildi. Loyiha işga tuşgaç, zavodning polimer işlab çiqariş quvvati mavjud 125 ming tonnadan 450 ming tonnagaça, ya'ni 3,6 barobarga oşirilişi ta'minlanadi. Natijada neft-kimyo yönalişini rivojlantirişga keng yöl oçiladi. Birinçi bosqiçda yuqori qiymatli xomaşyo sintetik naftani qayta işlab, yangi turdagi polietilen va polipropilen bilan birgalikda piroliz distilyatini işlab çiqariş közda tutilgan. Piroliz distilyatidan yangi turdagi mahsulotlar işlab çiqarişda foydalaniş imkoniyati hududda texnologik klasterni barpo etişga zamin yaratadi, istiqbolda kimyo, avtomobilsozlik, farmatsevtika, quriliş va töqimaçilik sohalari yanada rivojlanişida muhim omil böladi. 

Loyiha zavodning mavjud maydonida amalga oşirilib, quriliş işlari kompleksning işlab çiqariş jarayoniga ta'sir etmagan holda olib boriladi.