AQŞning Yangi Orlean şahrida (Luiziana ştati) avtomobilning odamlar ustiga bostirib borilişi oqibatida kamida 50 kişi jabrlandi. Bu haqda Mirror naşri xabar bermoqda. 

Avvalroq 21 kişi, jumladan politsiya xodimlari jarohatlangani ma'lum qilingan. Jabrlanganlardan eng kiçigining yoşi 3 da bölgan. Ulardan 12 nafari oğir ahvolda ekanligi ma'lum qilingandi.    

Voqea 25 fevral keçki payt şahar markazida, ikki köça kesişmasida Mardi-Gra - "katolik maslenitsa" bayrami munosabati bilan ötayotgan bayram paradi vaqtida yuz bergan. Bu bayram odatda bir hafta davom etadi. Bayram yorqin tomoşalar bilan ötadi va bu paytda unda iştirok etgani minglab sayyohlar taşrif buyurişadi.

Mahalliy hokimiyat vakillarining ma'lum qilişiça, hujumni sodir etgan haydovçi intoksikatsiya holatida bölgan. U hozirda hibsga olingan va terakt sodir etişda gumonlanmayapti.

Guvohlarning aytişiça, avtomobilni mast holatda bölgan yoş yigit boşqargan. U içida odamlar bölgan bir neçta avtomobillarga urilib, trotuarga çiqib ketgan va çiqindilar bakiga urilib töxtagan.

Voqea haqida birinçi xabarlar AQŞning Şarqiy sohili vaqti böyiça 19:45da kelib tuşa boşlagan.

Germaniyada haydovçi odamlarni ataylab bosib ketdi>>>