Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda parlamentning muxolif fraksiyasi yetakchisi qo‘lga olindi
Qirg‘iziston parlamentidagi muxolif fraksiya bo‘lmish "Ota-Makon" (Vatan) yetakchisi O‘murbek Tekebayev 26 fevralga o‘tar kechasi Istanbuldan Bishkekka uchib kelganida, "Manas" aeroporti hududida qo‘lga olindi. Bu ma'lumotni "Ota Makon" kotibiyatidagilar "Interfaks"ga tasdiqlashgan.
Manbaning ma'lumotiga ko‘ra, fraksiya yetakchisi Qirg‘iziston bosh prokuraturasi tomonidan "MegaCom" aloqa operatori bilan bog‘liq jinoiy ish doirasida so‘roq qilish uchun 48 soat muddatga qo‘lga olingan.
Agentlik suhbatdoshi "Manas" aeroportida Tekebayev partiya a'zolari va jurnalistlar bilan uchrashgan. Hudud politsiya tomonidan o‘rab olingandi.
25 fevral kuni mamlakat Bosh prokuraturasi muxolifatchiga nisbatan "Korrupsiya" va "Firibgarlik" moddalari bo‘yicha jinoiy ish ochgandi.
Mavzuga oid
22:26 / 11.10.2025
Qirg‘izistonda poytaxtni ko‘chirish haqida gapirildi
21:59 / 17.09.2025
Qirg‘izistonda Jalolobod shahri nomi o‘zgartirildi
00:20 / 25.03.2019
Qirg‘iziston poytaxtini Manas deb o‘zgartirish taklif qilindi
11:10 / 16.08.2017