Şarqiy Qozoğistonda ğoyib bölgan vertolyot qutqaruvçilar tomonidan qidirilmoqda. Bu haqda Qozoğiston IIV favqulodda vaziyatlar qömitasi rasmiy vakili Ruslan Imankulov ma'lum qildi.
S-341 rusumli, xususiy şaxsga tegişli bölgan vertolyot Urjar tumanining Koja qişloğidan 25 fevral kuni keçqurun parvoz qilgan, u Ayagoz tumanidagi Akşatau qişloğiga yoqilği töldirib oliş uçun qönişi belgilangandi. Guvohlar vertolyot Aygiz qişloği ustidan uçib ötganini körişgan. Biroq vertolyot belgilangan manzilga yetib bormagan va uçuvçi ham aloqaga çiqmagan.
Qozoğiston IIV favqulodda vaziyatlar qömitasi rasmiy vakilining ma'lumotiga köra, Aygiz va Akşatau qişloqlari orasidagi masofa 100 kilometrga yaqin, qidiruv işlarida 4ta texnika, 29 nafar qutqaruvçi iştirok etmoqda.
Yöqolgan vertolyot bortida 3 kişi — 2 yölovçi va uçuvçi bölgan.












