«Dengiz böyidagi Mançester» filmida boş rolni ijro etgan aktyor, Ben Afflekning tuğişgan ukasi Keysi Afflek «Eng yaxşi aktyor» yönalişida «Oskar» oldi.
Uşbu mukofot uçun asosiy da'vogar sifatida qaralgan, «La-La Lend»da boş rollardan biri ijroçisi Rayan Gosling esa mukofotdan quruq qoldi. U va Afflekdan taşqari mukofot uçun Endryu Garfild («Vijdon nuqtai nazaridan»), Viggo Mortensen («Kapitan Fantastik» (Captain Fantastic) va Denzel Vaşington («Tösiqlar») «Oskar» uçun kuraş olib borgandi.
Qayd etiş kerakki, bu «Dengiz böyidagi Mançester» uçun bugungi ikkinçi «Oskar» böldi. Bungaça film «Eng yaxşi ssenariy» yönalişida mukofotga ega çiqqandi.
Bundan oldinroq ikkinçi plandagi eng yaxşi aktyor uçun «Oskar»ni Maxerşala Ali qölga kiritgandi.












