Özbekistonda fevraldagi quturiş kasalligi bilan kuraş oyligi davomida 67,4 ming it emlandi. Bu haqda Özbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mamlakatda profilaktik emlaşdan ötkazilgan 1,4 million uyda saqlanadigan it va muşuklar röyxatga olingan. 2011-2016 yillarda daydi hayvonlar tomonidan tişlaşlar miqdori keskin ortdi – 49,47 mingdan 59,67 ming kişigaça, buning oqibatida quturişga qarşi emlaşga ajratiladigan mablağlar hajmi 1,1 mlrd.dan 7 mlrd. sömgaça oşirildi.

Eng köp hayvonlarning tişlaşi holati Toşkent viloyati aholisi bilan sodir böldi, bu yerda 8059ta hodisa qayd etilgan. Keyingi örinlarda Surxondaryo (6594), Buxoro (5688) viloyatlari va Toşkent (5252) joylaşgan. Eng kam şunday holat – Navoiy viloyatida qayd etilgan (2708).

Hayvonlar tomonidan tişlaş holatlarining 87,2 foiz yoki 51,95 mingtasi itlar hamda 6,8 foizi muşuklarga töğri keladi. Hodisalarning bir qismi boşqa uy hayvonlari, kemiruvçilar va yovvoyi hayvonlar bilan sodir bölgan.

Ötkazilgan tadbirlar davomida it saqlaş qoidalarini buzgan 145 nafar fuqarolarga ma'muriy bayonnomalar tuzilib, qoidabuzarlik işlari sudga oşirilgan hamda 7,12 mln söm miqdorida jarima undirilgan.

Oy davomida 266,47 mingta xonadonlar uyma-uy yuriş orqali örganib çiqildi, şu bilan bir qatorda, 2940ta ta'lim muassasalarida hamda 4783ta taşkilot va muassasalarda mavzuga oid darslar va seminarlar taşkil etildi. Quturiş mavzusiga oid 38ta tele hamda 197ta radiodastur efirga uzatildi.