Xitoy raketa taşuvçilar texnologiyasi akademiyasi (CALT) 2018 yil oxiriga borib örta yuk taşiş quvvatiga ega bölgan yangi avlod "Çançjen-8" raketa taşuvçisini işlab çiqaradi. Bu haqda China Daily naşri yozmoqda.
"Markaziy raketa blokiga "Çançjen-7" va "Çançjen-3A" texnologiyalari olinadi, qattiq yonilğili tezlatgiçlarning diametri 2 metrni taşkil etadi, - deya hikoya qilgan akademiya mutaxassisi. – Uni işlab çiqişga 3 yilgaça vaqt ketişi mumkin, ammo 2018 yil oxiriga kelib ilk sinov parvozi amalga oşirilişi ehtimol".
Mutaxassisning sözlariga köra, yangi raketa taşuvçi geliosinxron orbitaga 4,5 tonnagaça bölgan yukni olib çiqişi mumkin böladi. Geosinxron orbitaga esa 2,5 tonna yukni yetkazişi mumkin. Taxminlarga köra yangi raketa sun'iy yöldoşlarni uçiriş xarajatlarini sezilarli kamaytirişi mumkin.












